Qarşi davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti öqituvçisi X.Xazratqulovga universitetda işlayotgani boşqalarni aldaşida qöl keldi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

X.Xazratqulov mirişkorlik (Qaşqadaryo viloyati) R.Faqirov va A.Xudoyberdiyevlarga universitet tabiiy fanlar fakultetining kimyo yönalişiga öqişga kiritib qöyişni va'da beradi.

R.Faqirov va A.Xudoyberdiyevlar domlaning gaplariga işonib, 19 million 200 ming söm pul berişadi. Ammo yigitlar öqişga kira olişmaydi. Ular domladan pullarini söray boşlaşadi. Domla esa turli bahonalar bilan ularni aldaşga kirişadi. Şundan söng yigitlar bu haqda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişadi.

SOJJDLQK departamentining Mirişkor tumani bölimi tomonidan mazkur holat böyiça X.Xazratqulovga nisbatan jinoiy iş qözğatilib, sudning hukmi bilan unga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlandi.