Bugun Samarqandda Özbekiston kubogining final öyini ötkazildi. Bu öyinda «Lokomotiv» «Nasaf» bilan öynab, kiçik hisobdagi ğalabaga erişdi.
Uçraşuv «Şapokoense» futbolçilari xotirasiga bir daqiqa sukut saqlaş bilan boşlandi.

Öyinning 2-daqiqasida Artur Gevorkyanning jarima maydoniga yetkazgan töpini darvozabon Eldor Suyunov uşlab qololmay, qölidan çiqarib yubordi. Natijada, Temurxöja Abduxoliqov uni darvozaga yöllaşga muvaffaq böldi. Bu hisob uçraşuv yakunigaça özgarmadi va «Lokomotiv» 2016 yilgi kubok sohibi böldi.
Bu toşkentliklar jamoasi öz tarixida ikkinçi marta nufuzli sovrinni qölga kiritişi böldi.
Özbekiston kubogini qölga kiritiş böyiça rekordçi «Paxtakor» jamoasi sanaladi. «Şerlar» 11 marta uşbu sovrin egasi bölgan.



Özbekiston kubogi
Final
«Lokomotiv» – «Nasaf» 1:0 (1:0)
Gol: Temurxöja Abduholiqov (2).
«Lokomotiv»: Ma'mur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Temurxöja Abduxoliqov, Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev, Timur Kapadze, Islom Töxtaxöjayev, Sanjar Şoahmedov (Bobur Yuldaşev 84), Ikrom Aliboyev, Şerzod Fayziyev (Oleg Zoteyev 73), Artur Gevorkyan (Marat Bikmayev 54).
«Nasaf»: Eldorbek Suyunov, Aziz Ğaniyev, Şuhrat Muhammadiyev, Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Şerzod A'zamov, Fozil Musayev, Odil Hamrobekov (Şahboz Erkinov 59), Farruh Sayfiyev, Doniyor Narzullayev, Dragan Çeran (Bobir Abdixoliqov 70).


















