Mumbay xalqaro aeroportining uçiş-qöniş yölagida IndiGo aviakompaniyasining Airbus A-320 va Kuwait Airways aviakompaniyasining Airbus A-330 rusumli samolyotlari töqnaşib ketdi. Bu haqda The Times Of India xabar tarqatgan.
Hindistonliklar kompaniyasining rasmiy bayonotida xabar qilinişiça, Kuwait Airways aviakompaniyasining avialayneri Mumbaydagi aeroport turargohiga tomon harakatlana turib, IndiGo aviakompaniyasining parvozga çoğlanayotgan samolyotiga tegib ketgan.
Aniqlik kiritilişiça, uşbu hodisa mahalliy vaqt bilan soat 6.00da sodir bölgan.
MumbaiMirror naşrining IndiGo aviakompaniyasidagi manbaga asoslanib xabar berişiça, hodisa haqida ekipaj vakillari yölovçilarni xabardor qilib, tinçlantirişgan.
Töqnaşuv natijasida IndiGo samolyoti jiddiy şikastlangan. Uning bortidagi yölovçilar boşqa samolyotga ötkazilgan.
Hodisa böyiça tekşiruvlar olib borilmoqda.

















