Misr harbiy sudi mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyning 296 nafar tarafdorini 1 yildan 25 yilgaça bölgan qamoq jazosiga mahkum etdi. Ular Ismoiliya viloyatidagi zöravonliklar va tartibsizliklarga aloqadorlikda aybdor deb topilgan, deb yozmoqda Sinxua agentligi mahalliy OAVga tayangan holda.
2013 yil iyul oyida Misr armiyasi "Musulmon birodarlar" harakatining hokimiyat tepasida bölişidan xalq noroziligi kuçayib borayotganini aytib, Mursiyni hokimiyatdan çetlatgan va ötiş davrini e'lon qilgan edi. Mursiy tarafdorlari davlat rahbarini öz lavozimiga tiklaşni talab qilib ommaviy noroziliklar ötkazişdi. Buning oqibatida yuzlab misrliklar halok böldi. Sobiq davlat rahbari qatorida köplab faollar ham hibsga olindi.
2013 yil avgustida Mursiy tarafdorlari Ismoiliya viloyatidagi sud majmuasiga hujum qilgani natijasida 10ga yaqin xavfsizlik idoralari xodimlari qurbon bölgandi. Agentlikning yozişiça, uşbu hujum rahbarlaridan biriga 25 yillik qamoq jazosi tayinlangan. 270dan ortiğiga 15 yillik jazo çorasi belgilangan. Olti kişi esa oqlangan.













