
iPhone odamni öqdan himoyalab, uning hayotini saqlab qola oladimi? Bu savolga javobni YouTube’dagi EverythingApplePro videokanali mualliflari topişga harakat qilişdi. Ular Apple smartfonlari qançalik öq ötkazmasligini tekşirib körişga qaror qilişdi va bu jarayonni video orqali namoyiş qilişdi. Ayni vaqtda rolikni 25 mln dan köproq odam tomoşa qilişga ulgurdi.
Bu tajribaning natijalari yetarliça qiziq böldi: hattoki 4 ta ketma-ket qöyilgan iPhone yaqin masofadan öq tegişiga bardoş bera olmadi. AK-74 "Kalaşnikov" avtomatidan uzilgan öq 4 ta smartfonni ham teşib ötib, 5-smartfonda tiqilib qolib, uni yaroqsiz holatga keltirdi.
Tajriba yana bir bor ötkazilganda, vaziyat deyarli birinçi holatdagidek böldi, biroq bu gal öq 5 ta smartfondan ötib, 6-smartfonga urilib töxtadi. Biroq şunga qaramasdan, 6-smartfon işlaşda davom etgan.
Bu tajribadan körinişiça, köylak yoki kostyumning çöntagida bölgan iPhone odamni yuragiga öq tegişidan saqlab qolgani haqidagi gaplar "çöpçak"ka öxşaydi. Rolik mualliflari buni yodda tutişni va ehtiyot bölişni tavsiya qilişmoqda.

















