Dunyodagi eng keksa mushuk egasidan qochib ketdi
2015 yilda dunyodagi eng keksa mushuk deb topilgan 27 yoshli Velvet (Corduroy) laqabli mushuk o‘z egasidan qochib ketdi. Bu haqda UPI xabar bermoqda.
Mushukning Oregan shtatida yashovchi egasi Eshli Okura o‘zining sevimli mushugi suratini Instagram’da chop etdi va u 9 oktabrda ochiq eshikdan tashqariga chiqib ketib, g‘oyib bo‘lganini aytdi. O‘shandan beri uni hech kim ko‘rmagan.
"Men uni qattiq sog‘inmoqdaman va uning qaytishiga umid qilmoqdaman. Biroq mantiq menga mushugim qaytib kelmasligini aytmoqda", deb yozgan ayol.
Mushuk Ginness rekordlar kitobiga eng keksa mushuk sifatida 2015 yilda kiritilgandi. Mushuk egasining aytishicha, Velvet u bilan birga 1989 yildan beri yashab kelgan. O‘shanda ayolning o‘zi 7 yoshda bo‘lgan. Mushuk sichqon ovlashni va chedder (pishloq turi) tanovul qilishni yaxshi ko‘rgan.
Biroq 2016 yil may oyida Velvetning rekordini 30 yoshli Skuter laqabli siam mushugi yangilagandi. U texaslik Geyl Floydga tegishli bo‘lgan. Biroq mushuk dunyodagi eng keksa mushuk nomini olgandan 4 kun o‘tib, nobud bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:16 / 23.11.2024
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
16:11 / 22.10.2024
Kanadalik erkak itlarni sayr qildirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U bir vaqtda 38 ta itning jilovini ushlab yurgan
19:43 / 21.10.2024
Humanoid robot uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
20:37 / 11.10.2024