Nemis futbol ittifoqi (DFB) Germaniya kubogi öyinlarida jamoalarga 4 nafar futbolçini almaştirişga ruxsat berdi.
Taşkilot saytida yozilişiça, qaror nimçorak final bahslaridan kuçga kiradi va 2017/18 yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi.
Törtinçi özgarişni amalga oşirişga faqat qöşimça bölimlar vaqtida ruxsat beriladi.
«Jamoalar bu qoida afzalliklarini körib turgani va unga rozi bölganidan xursandmiz. Almaştirişni qöşimça bölimlarda amalga oşiriş mumkin. Bu loyiha qoidani ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlab olişga yordam beradi», degan DFB vitse-prezidenti Peter Fraymut.
Ayollar futbolida bu qoida 2 dekabrdan amalda, erkaklar futbolida esa 2017 yilning 7 fevralidan.
Bu tartib bundesligaga 2017-18 yilgi mavsumdan kiritilişi rejalaştirilgan.

















