Jamiyat | 18:15 / 03.12.2016
9141
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik talabalar Xalqaro kashfiyotlar ko‘rgazmasining dastlabki tanlovlarida bronzani qo‘lga kiritdi

Janubiy Koreyada doktorantura bosqichi (PhD) bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan ikki nafar O‘zbekistonlik talaba Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Ixtirochilar ko‘rgazmasida o‘z ishlari bilan ishtirok etib, bronza sovriniga sazovor bo‘lishdi. 

1-4 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro kashfiyotlar ko‘rgazmasida hamyurtlarimiz Xojimuhamedov Jamshiddin (Huquq sohasi bo‘yicha PhD nomzodi) hamda G‘ofurov Dilshodjon (Axborot tizimlarini boshqaruv sohasi bo‘yicha PhD nomzodi) OASIS (Overall Assistance for Startup Immigration System (Chet ellik startapchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash dasturi) davlat dasturi orqali ishtirok etib, dastlabki nominatsiyalar bo‘yicha yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi. Ularning ko‘rgazmada taqdim etgan loyihalari haqda Kun nashri Seul shahridan maxsus  reportajni taqdim etadi. 

Hozirda Jamshid va Dilshod alohida boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham ishtirok etmoqda. Ularga katta muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Ko‘rgazma haqida:
Koreyada o‘tkazilayotgan Xalqaro kashfiyotchilar ko‘rgazmasi KINPEX 2016 Korean Intellectual Property Office intellektual mulk agentligi tomonidan tashkil etiladi.

Tadbirning asosiy maqsadi - mazkur soha bo‘yicha yangi mahsulotlar va patentlangan texnologiyalarni tijoriylashtirish bo‘yicha eng yaxshi amaliy dasturlarni tarqatish.

Ushbu ko‘rgazmaga dunyoning turli burchaklaridan ixtirochilar va kashfiyotchilar 3intellektual mulk patentlari to‘g‘risida ko‘proq yangiliklar uchun tashrif buyurishadi. Tadbirda 100ga yaqin eksponentlar hamda 100 mingdan ortiq kishi ishtirok etishi kutilmoqda.

Mavzuga oid