Umid Töraxonov (ism-familiyalar özgartirilgan) yetti-sakkiz yildan buyon maktabda hisobçi bölib işlaydi. Keyingi yillarda nafs balosiga yöliqib, birovning haqini özlaştirişga berilib ketdi. Bunda unga xodimlarning plastik kartoçkalari qöl keldi. Dastlab öz plastik kartoçkasiga har oyda ortiqça pul taşlaşni boşladi. Natijada 2013-2015 yillar mobaynida 11 mln. söm mablağni özlaştirib yubordi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.

U nafaqaga çiqqan öqituvçilarning plastik kartoçkalarini özida saqlab yurgani ham bejiz emasdi. Ularga röyxat böyiça iş haqi yozib bordi. Yillar davomida bu mablağlar uning jiğildonidan joy olaverdi. Jumladan, Nigora Jörayeva nomiga 21 mln. 410 ming söm, Şahnoza Amonova nomiga 20 mln. 803 ming sömni ötkazib yubordi. Bundan taşqari, işdan böşab ketgan sobiq öqituvçi Muhtarama Beknazarovaning plastik kartoçkasi hisobiga 2 mln. 656 ming söm sof foyda keltirdi.

Hisobçining samarali “faoliyati” davomida 49 mln. 63 ming söm mablağlar özlaştirilib, talon-toroj qilindi.

Vaqti kelib hisobçining nayranglari foş böldi. Sud Umid Töraxonovni aybiga yaraşa jazoladi. Şuningdek, u tergov mobaynida zararni töliq qopladi.