Jahon | 00:27 / 05.12.2016
5880
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Oklend shahridagi yong‘in joyidan 24 jasad topildi

Foto: © AP

AQShning Oklend shahri ma'muriyati musiqiy kecha o‘tayotgan omborxonadagi yong‘in joyida 24 jasad topilganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Avvalroq 10 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Shu bilan birga shahar ma'muriyati yong‘in oqibatida 40 kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytgandi. 

Musiqachilar omborxonadan ishlash va yashash joyi sifatida foydalanishgan, biroq ularda bunga hamda musiqiy konsert o‘tkazishga ruxsat bo‘lmagan.  

Hozircha yong‘in sabablari noma'lumligicha qolmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid