Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Turkiya BMT Boş Assambleyasining favqulodda sessiyasini ötkazişga çaqirmoqda. Unda Suriyaning Halab şahridagi vaziyat muhokama qilinişi kerak. Uşbu şaharda Suriya hukumat qöşinlari va qurollangan muxolifat örtasida ayovsiz janglar davom etmoqda. Bu haqda "Al-Jazira" telekanali yuqoridagi davlatlarning qöşma bayonotiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Ta'kidlanişiça, XKda yakdil fikr şakllanmagani bois, uşbu muammoni hal etiş imkoni bölmagan. Şunga köra, tavsiyalar işlab çiqiş uçun uşbu majlisni ötkaziş maqsadga muvofiq. Saudiya Arabiston, Qatar, BAA va Turkiya qurollangan Suriya muxolifatini qöllab-quvvatlab keladi. Avvalroq, Qatar hukumati muxolifatni qurollantirişni davom ettirişini ta'kidlagan edi.
Suriyaning yirik şaharlaridan biri bölgan Halabning ğarbiy qismi hukumat kuçlari nazoratida bölib, şarqiy hududlarini turli qurollangan guruhlar, jumladan "Jabhat an-Nusra" jangarilari ham egallab olgan. Suriya armiyasi ularni qamal qiliş bilan şaharni tark etişga majbur qilmoqçi.

















