Andijon viloyati, Baliqçi tuman Davlat soliq inspeksiyasi boş yurist konsultanti ma'muriy amaliyot böyiça boş mutaxassis lavozimida işlagan Homidjon Komilovning (ism-familiyalar özgartirilgan) jinoiy xatti-harakatlari sud majlisida körib çiqildi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
U 2016 yil mart oyida DSI xodimlari tomonidan ötkazilgan reyd tadbirida fuqaro X.Karimovning noqonuniy ravişda aholiga pulli transport xizmati körsatib kelayotgani haqida töplangan ma'muriy iş materiallarini sudga çiqarib, qoidabuzarga yengilroq jazo tayinlaşi hamda iş hujjatlariga qöşilgan fuqaro X.Karimovga tegişli avtomaşinaning texnik talonini qaytarib beriş evaziga moddiy manfaat körişni rejalaştiradi.
Şu maqsadda huquqbuzar X.Karimovning qarindoşi Gulşanoy Rahmonovadan 1 mln. 300 ming söm pulni “xizmat haqi” sifatida olayotgan vaqtda uşlandi.
Sudning hukmi bilan H.Komilov Özbekiston Respublikasi JKning tegişli moddalri bilan aybdor deb topilib, 5 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilingan holda, eng kam oylik iş haqining 100 barobari miqdorida jarima jazosiga tortildi.















