Xitoy Janubiy Sudanga BMT tinçlikparvar missiyasida qatnaşiş uçun ilk 120 harbiy xizmatçisini jönatdi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

Hammasi bölib esa mamlakatdan Janubiy Sudanga 700 kişilar harbiy xizmatçidan iborat kontingent jönatilib, ular u yerda yil davomida qolişadi. Qolgan tinçlikparvarlar esa keyinroq – beşta alohida guruh qilib yuboriladi.

Agentlik ma'lumotlariga köra, harbiy xizmatçilar uç oylik tayyorgarlikdan ötkazilgan va ularning asosiy maqsadi fuqarolarni himoya qiliş, şuningdek BMT gumanitar dasturini qöllab-quvvatlaş, qöriqlaş va kuzatib borişdan iborat.

Joriy yilning iyulida BMTning Jubadagi tinçlikparvar missiyasiga qilingan hujum vaqtida ikki nafar xitoylik tinçlikparvar halok bölib, beş nafari jarohat olgandi.

Noyabr boşlarida esa maxsus komissiya bu hujumlarni tekşiruvdan ötkaziş böyiça natijalarni ma'lum qildi va “BMT missiyasi zöravonlikka yetakçilikning yetişmasligi, missiyaning turli tarkibiy qismlarining özaro birgalikda harakat qilişga tayyor emasligi tufayli javob bermagani” xabar qilindi. Mutaxassislarning xulosasiga köra, “qömondonlik va rahbariyatning taşkilotçiligi tinçlikparvar kuçlar bilan boğliq bölgan xavflarni oldini oliş strategiyasiga mos kelmagan”. Xitoy TIV hisobot sabab puşaymonda ekanini bildirib, unda asossiy ayblovlar borligi haqida ma'lum qilgan.

Ayni damda Xitoyning BMTning önlab turli missiyalarida bölib turgan tinçlikparvar kontingenti umumiy soni 2,6 ming kişidan köproqni taşkil qilmoqda, deb xabar bergan Sinxua agentligi. Bu esa Xitoyni BMT Xavfsizlik Kengaşidagi doimiy a'zo davlatlar orasida eng faol iştirokçiga aylantiradi.