BMT taşkilotining gumanitar yordam körsatuvçi bölimi kelasi yilda dunyo böylab tabiiy ofatlardan ziyon körgan kişilarga yordam berişi uçun 22 milliard dollar talab qilinadi. Bu haqida Daily Sabah naşri xabar berdi. 

Manbaga köra, 8,1 milliard dollar Suriya aholisiga va qoçqinlarga yordam körsatişga safarbar etiladi. Umuman olganda Taşkilotning gumanitar bölimi 33 mamlakatdagi 93 million kişiga yordam körsatişni rejalaştirmoqda. Ularning deyarli uçdan ikki qismi - Afrikada. 

Ma'lumotlarga köra, bugungi kunda jahondagi 128 milliondan ortiq kişi omon qoliş va xavfsizlik şaroitlarida yaşaş uçun şoşilinç yordam va qöllab-quvvatlaşga muhtoj.

BMT bölimining ma'lum qilişiça, Yaman, Suriya, Janubiy Sudan va Nigeriyadagi mojarolar juda köp kişilarni qiyin ahvolda qoldirdi. Bundan taşqari qurğoqçilik va El-Nino hodisasi kabi tabiiy ofatlar ham insoniyatni halokatga yetaklamoqda.