AQShning Oklend shahrida yong‘in yuz bergan tungi klubda qidiruv ishlari to‘xtatildi, chunki o‘t o‘chiruvchilar yong‘in yuz bergan binoni xavfli deb topdilar, deb xabar bermoqda KRON 4.

Oklenddagi tungi klubdagi yong‘in 3 dekabrda yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in yuz bergan vaqtda binoda 50-100 kishi bo‘lgan. Yong‘in sababi hali ham noma'lumligicha qolmoqda.   

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 33 kishi halok bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, hozirda 8 jasadning shaxsi o‘rnatilgan. 

Oklend yong‘in xizmati rahbari Melinda Dreytonning aytishicha, qutqaruvchilar binoning 70 foizini tekshirib chiqishgan.

Yong‘in yuz bergan bino omborxona sifatida tasniflangan hamda yong‘inga qarshi tizim bilan jihozlanmagan bo‘lgan.