Bugun 6 dekabrdan Stokgolmda Nobel mukofoti sovrindorlarini olqişlaş haftaligi boşlanadi. Unda tibbiy va fiziologiya, fizika, kimyo va iqtisodiyot böyiça bu yilgi sovrindorlar taqdirlanadi, deb xbar qilmoqda Nobel jamğarmasi matbuot xizmati.
Anjuman bir neça yillar avval joriy bölgan an'ana bilan yakunlanadi — laureatlar Nobel muzeyidagi kursilarga öz imzolarini qöyişadi.
Mukofotlar topşiriladigan 10 dekabrgaça sovrindorlar jurnalistlar va jamoatçilik vakillari bilan uçraşadi. Talabalar va öqituvçilar oldida ma'ruza qilişadi. Rasmiy qabul jarayonlarida iştirok etişadi.
8 dekabr kuni jahon klassik sahnasi yulduzlari iştirokida Nobel konserti bölib ötadi. 2016 yilda sovrindorlar qarşisida niderlandiyalik skripkaçi Yanin Yansen va italiyalik dirijyer Janandrea Nozeda çiqiş qiladi.
Haftaning kulminatsiyasi mukofotlarni topşiriş kuni hisoblanadi. Şu munosabat bilan Stokgolm va Osloda 10 dekabrda taqdirlaş marosimi bölib ötadi. Ayni şu kuni mukofot asosçisi Alfred Nobel (1833–1896) vafot etgan. Norvegiya poytaxtida Nobel vasiyatiga köra, faqatgina tinçlik mukofoti topşiriladi. 2016 yilda har bir yönaliş böyiça mukofot jamğarmasi 8 million şved kronasi (932 ming AQŞ dollari)ni taşkil etadi.
2016 yilda 11 kişi uşbu mukofot sovrindori böldi. Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos tinçlik mukofotiga munosib körildi. Stokgolm va Oslodagi taqdirlaş marosimida adabiyot sohasidagi xizmatlari uçun mukofotlangan Bob Dilandan boşqa barça laureatlar qatnaşadi.

















