Özbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2016 yil 5 dekabr kuni MDH Ijroiya qömitasi raisi –ijroçi kotibi Sergey Lebedev bilan uçraşdi.

Suhbat çoğida Özbekiston rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi kuzatuvçilar missiyasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida samarali işlagani, uşbu jarayon hamda saylov yakunlarini yuqori baholagani uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Sergey Lebedev Prezident saylovi monitoringida iştirok etişga taklif etgani va MDH kuzatuvçilar missiyasi a'zolari uçun barça qulay şaroitlar yaratilgani uçun taşakkur bildirdi.

Hamdöstlik doirasida hamkorlikni yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş böyiça atrofliça fikr almaşildi.

Şavkat Mirziyoyev şu kuni Şanxay hamkorlik taşkiloti kuzatuvçilar missiyasi rahbari, ŞHT Boş kotibi Raşid Alimovni ham qabul qildi.

Tomonlar Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişni kuzatiş böyiça ŞHT vakillarining xulosalari töğrisida fikr almaşdilar.

Raşid Alimov Özbekiston Prezidenti saylovi mamlakatda demokratik jarayonlarni yanada rivojlantiriş borasida muhim qadam bölganini ta'kidladi.

Özbekiston rahbari ŞHT kuzatuvçilariga oçiq, erkin va demokratik şaroitlarda ötkazilgan saylov kampaniyasi davomida amalga oşirgan samarali işlari va yakuniy xulosalari uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar ŞHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşdilar.