Yevropa çempionlar ligasining guruh bosqiçi sönggi tur uçraşuvlari çorşanba kuni ham davom ettiriladi. Tribuna.Uz dastlab Ye guruhi öyinlari anonsini taqdim etadi.

Bayyer – Monako (Toşkent vaqti bilan – 00:45)
Boş hakam: Gedeminas Majyeyka (Litva)

Bugun ham amalda heç narsani hal qilmaydigan bir qator öyinlar bölib ötadi. Şunday uçraşuvlardan biri pley-offga çiqqani aniq bölib ulgurgan «Bayyer» va «Monako» töqnaşuvidir. Fransiyaliklar guruh ğolibligi masalasini hal qilib bölgan, «Bayyer»ning esa ikkinçi örinni egallaşiga heç kim tösqinlik qila olmaydi.

Ammo bu uçraşuv qaysidir ma'noda «Bayyer»ga muhim deyiş mumkin. Çunki jamoa barça musobaqalarni qöşib hisoblaganda ketma-ket törtta uçraşuvdirki, ğalaba qozona olmayapti. «Monako» ustidan qozonilgan ğalaba jamoaga işonçni qaytarişi mumkin. «Monako» esa çempionlar ligasida masalani hal qilişidan taşqari Fransiya çempionatida ham fantastik iştirokini davom ettirmoqda. Sönggi 4ta uçraşuvda jamoa raqiblar darvozasiga 13ta gol kiritdi. Jamoa jami 49ta gol bilan Yevropaning eng sermahsul jamoasi bölib turibdi. Hozirça jamoalarning özaro öyinida 3ta ğalaba va 2 durang qayd qilingan. «Bayyer» biror marta ham «Monako»dan ustun kela olmagan. 

Mezbonlar tarkibida Umar Toprak, Vladlen Yurçenko Jonatan Ta jarohatlaridan qutulib safga qaytişgan. Biroq şunga qaramay, jamoa lazareti yetarli darajada töla  turibdi. Admir Mehmedi, Kevin Folland, Kevin Kampl, Karim Belarabiy, Lars Bender kabi yetakçilar uçraşuvni ötkazib yuborişi kutilmoqda. «Monako»da esa hozirça faqatgina darvozabon Daniyel Subaşiçning iştiroki söroq ostida qolmoqda.

Tottenhem – TsSKA (00:45, Matç TV)
Boş hakam: Nikola Ritstsoli (Italiya)

«Uembli»da muvaffaqiyatsiz iştiroki sabab muddatidan oldin pley-off yöllanmasidan mahrum bölgan londonliklar heç bölmasa Yevropa ligasi yöllanmasini saqlab qolişi uçun TsSKAga qarşi maydonga çiqadi. Leonid Slutskiy uçun sönggi uçraşuvda «armiyaçilar» faqat ğalaba qozongan taqdirdagina yevrokuboklarning bahorgi mavsumiga yöllanma olişi mumkin.

Ikkala jamoa ham uçraşuvga çempionatda qozonilgan yirik hisobdagi ğalabalari bilan kelmoqda. «Tottenhem» «Suonsi» darvozasiga javobsiz beşta gol kiritgan bölsa, TsSKA Slutskiyning Rossiya çempionatidagi sönggi uçraşuvida «Ural»ni 4:0 hisobida mağlubiyatga uçratdi. Jamoalarning Moskvadagi töqnaşuvida yagona gol Poçettino jamoasi uçun hozirça Yevropa ligasi yöllanmasini taqdim etib turibdi. Jamoalar bundan boşqa özaro öyinlarda iştirok etişmagan.