Turkiyaning Bursa şahrida yaşovçi qabr toşlarini tayyorlovçi ustaxona egasi lira kursini barqarorlaştiriş uçun valyuta almaştirişga rozi bölgan  buyurtmaçilarning qabr toşlarini bepul tayyorlab berişga va'da berdi. The Hurriyet Daily News şu haqida ma'lum qildi. 

Firma rahbari Enes Alanning izohlaşiça, u bunday işga vatanparvarlik hissi yuzasidan, mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni qöllab-quvvatlaş maqsadida qöl urmoqda. 

"2 ming dollarni turk lirasiga almaştirib, çekini bizga taqdim etgan kişilarga 750 liraga baholanuvçi qabr toşini bepul tayyorlab beramiz, - deya va'da berdi Alan. - Biz hattoki mozorga ham toşni özimiz yetkazib beramiz". 

Alanning sözlariga köra, buyurtmaçilar uning taşabbusiga ijobiy munosabat bildirişmoqda, zero ular ham mamlakat va uning iqtisodiyotini himoya qiliş tarafdoridir. Ba'zi xaridorlar çeklarni keltirişgan, lekin qabr toşini bepul olişdan boş tortişgan.