Özbekistonda 2018 yildan boşlab elektron vizalar tizimi joriy etiladi. Bu haqda mamlakatning yangi saylangan Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida belgilab bergan.
Hujjat turizm tarmoğini jadal rivojlantirişni ta'minlaş, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini beriş, uni mamlakat iqtisodiyotini barqaror östirişning, mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanişning, aholi turmuş darajasi va sifatini oşirişda turizm rolini kuçaytirişning qudratli vositasiga aylantirişga qaratilgan.
2017 yilning 1 yanvaridan boşlab turizm faoliyatiga litsenziya beriş vazifasi Vazirlar Mahkamasidan yangi taşkil qilingan davlat qömitasiga ötkaziladi, bunda mehmonxonalar va odamlar yaşaydigan boşqa joylarning litsenziya olişlari töğrisidagi talab bekor qilinadi.
Öz navbatida 2018 yildan boşlab xorijiy turistlarga xizmat körsatişga ixtisoslaşgan umumiy ovqatlaniş korxonalari va avtotransport korxonalarini xorijiy turistlarning hayoti va soğliği xavfsizligini ta'minlaş maqsadida majburiy sertifikatlaş joriy etiladi.
Xorijiy turistlar uçun Özbekistonning jozibadorligini oşiriş maqsadida davlatning viza siyosatini tubdan liberallaştirişni nazarda tutuvçi farmonning eng muhim jihati quyidagilardan iboratdir:
- 2017 yilning 1 aprelidan boşlab 15 davlat, şu jumladan Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Singapur, Finlyandiya, Şveytsariya va Yaponiya kabi davlatlarning turistlari, şuningdek 55 yoşga tölgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bölmagan muddatga keluvçi 12 davlat, şu jumladan Belgiya, Indoneziya, Xitoy (turistlar guruhlari tarkibida), Malayziya, AQŞ, Fransiya, Vetnam, Isroil, Polşa, Vengriya, Portugaliya va Çexiyaning fuqarolari uçun viza rejimi butunlay bekor qilinadi;
- barça mamlakatlar uçun 30 kun muddatga beriladigan yagona turizm vizalari joriy etiladi, vizalar oliş, şu jumladan viza oliş sörovnomalarini töldirişning onlayn tizimidan foydalangan holda oliş tartibi sezilarli ravişda soddalaştiriladi, şuningdek 2018 yildan boşlab elektron vizalar tizimi joriy etiladi.

















