Hindiston içki işlar vaziri Suşma Svaraj 500 kilogrammli misrlik ayol Eman Ahmad Ab Al Atiga viza olişda yordam berdi. U hindistonlik şifokorlar yordamidan umidvor, deb xabar berdi International Business Times naşri.

Bariatrik jarrohlik böyiça mutaxassis Muffazal Lakdavalaning aytişiça, u bilan Eman Ahmadning singlisi boğlangan. «U tanişlaridan men semizlikdan aziyat çekuvçi kişilarni jarrohlik yöli bilan davolaşim haqida eşitgan, - aniqlik kiritdi u, - Ular kambağal oila va Qohiradan Mumbaiga bölgan reys ularga juda qimmatlik qiladi. Şuning uçun men ularning vizasi masalasida yordam berişni sörab murojaat qildim. Mablağ yiğişni esa öz zimmamga oldim».
Tibbiy vizani oliş uçun elçixona 20 yildan beri karavotdan turmagan ayolning şaxsan özi kelişini talab qildi. Bu masalani hal qiliş uçun esa şifokor Twitter orqali Hindiston içki işlar vaziri Suşma Svarajga murojaat qilgan. «Biz unga yordam beramiz», - deya aytib ötdi amaldor.
Keyinroq 500 kilogrammli misrlikka viza berilgani hamda u Mumbaiga jarrohlik amaliyotidan ötiş uçun kelayotgani ma'lum böldi.
Times of India ma'lumotiga köra, Misrning 36 yoşli fuqarosi organizmida bezlar faoliyatining notöğri işlaşi oqibatida juda köp miqdorda suyuqlik yiğilib qoladi. Eman Ahmad 11 yoşga tölganida 500 kilogramm vaznga ega bölgan. U mustaqil ravişda harakat qila olmaydi va öşandan beri Iskandariya şahridagi uyidan heç qayerga çiqmagan.
















