Singapurning Evolve kompaniyasi egasi Çatri Sityodton 100 nafar xodimining Maldiv orollarida hordiq çiqarişi uçun deyarli 500 ming dollar töladi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Tadbirkor qöl ostidagi xodimlarga bunday sovğani yaxşi işlaşgani uçun taqdim etgan. Ularning sa'y-harakati natijasida aralaş yakkakuraşlar böyiça musobaqalar taşkil etiş bilan şuğullanuvçi firma daromadi joriy yilda 2015 yil bilan taqqoslaganda 30 foizga oşgan.

Sityodton xodimlarining yöl uçun barça sarf-xarajatlarini öz zimmasiga olgan. Ularning neça kun dam olişi oşkor etilmadi. Xabarlarga köra, biznesmen sönggi beş yil davomida xodimlariga bir neça bor şunday sovğa qilgan – ular Indoneziya va Tailandda beş yulduzli mehmonxonada yaşab, hordiq çiqarib qaytişgan.