Yaponiyaning "Fukusima-1" AESdagi halokat oqibatlarini bartaraf qiliş xarajatlari hamda jabrlanganlar uçun kompensatsiya tölovlari avvalgi hisob-kitoblar bilan soliştirganda ikki barobarga oşadi va 21,5 trillion iyenni (joriy kurs böyiça 189,5 milliard dollar) taşkil qiladi. Bu haqida Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining bugun çop etilgan hisobotida ma'lum qilindi.
Idora baholariga köra, 8 trillion iyen (70,5 milliard dollar) reaktorlarni töliq ekspluatatsiyadan çiqariş va halokat oqibatlarini bartaraf qilişga sarflanadi. Halokat natijasida jabrlangan va evakuatsiya qilingan kişilarga ham taxminan xuddi şunday summa tölanadi. Qolgan mablağlar tuproqni zararsizlantiriş va radioaktiv çiqindilarni saqlovçi inşootlar qurilişiga sarflanadi.
Yapon hukumatining rejasiga köra, zarur xarajatlarni nafaqat "Fukusima-1" AES operatori Tokyo Electric Power, balki boşqa, nisbatan mayda energokompaniyalar ham qoplaydi.
"Fukusima-1" AES halokati 2011 yilning mart oyida sodir bölgan. Öşanda sunami elektr ta'minoti va sovutiş tizimini işdan çiqargan.

















