Fransiya poytaxti Parij hokimiyati şahar köçalari va boğlarida tölib ketgan zararkunanda kemiruvçilar – kalamuşlarga qarşi keng qamrovli uruş e'lon qildi. Hokimiyat xabarida ma'lum qilinişiça, yaqin orada munitsipal xizmatlar bu turdagi hayvonlar sonini keskin kamaytiriş maqsadida qator maxsus amaliyotlar ötkazadi. 

"Kalamuşlar sonining ortib ketişi sanitar, estetik va iqtisodiy mohiyatga ega muammolarni keltirib çiqaradi. Şu sababli, poytaxtning barça hududini qamrab oluvçi maxsus amaliyot ötkaziladi", - deya axborot berişgan şahar ma'muriyatida. 

Taxminlarga köra, şaharda 4 mlndan ortiq kalamuş bor. Hokimlikning tan olişiça, ularning barçasini batamom yöqotişning iloji yöq. "Şu bois, hokimlik ularning sonini sezilarli kamaytirişni rejalaştirmoqda", - deyiladi ma'muriyat xabarida.