Venesuela sobiq prezidenti Ugo Çavesning “özidan nur taratayotgan” şakli payşanba kuni keçqurun mamlakat poytaxti Karakas şahri köçalarida paydo böldi.
Davlat axborot va aloqa vaziri Ernesto Vilegas Twitter’dagi öz mikroblogida şahar böylab “sayr qilib yurgan” Çavesning juda ham yirik hajmdagi şakli tasvirlangan videoyozuvni taqdim etdi. U ötib ketayotgan avtomobil tomonidan devorlarga yönaltirilgan maxsus nurlar orqali yaratildi.
Ma'lumot uçun, Venesuelada payşanba kuni sobiq prezident Çavesga muhabbat va sadoqat kuni nişonlandi. U 2013 yilda saraton sabab hayotdan köz yumgan. Çaves aynan 2012 yilning 8 dekabr kuni milliy televideniye efirida sönggi bor çiqiş qilib, saraton kasalligi tufayli yangi jarrohlik amaliyotidan ötişi va Nikolas Maduroni özining vorisi deb ma'lum qilgan.

















