1948 yilning 10 dekabrida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti umume'tirof etilgan Inson huquqlarini tasdiqladi. BMT Boş assambleyasi Inson huquqlari deklaratsiyasini qabul qildi. Uning bandlari Yer yuzidagi har bir insonga bevosita tegişlidir. Ularning ijrosini yoxud öz huquqi poymol qilinmasligini har bir inson talab qilişga haqlidir. 

1950 yilda Boş assambleya 423 (V) rezolyutsiyasini qabul qilib, a'zo davlatlarga va boşqa manfaatdor tomonlarga 10 dekabrda Inson huquqlari kunini nişonlaşni tavsiya qilgan edi. 

Bugungi kunda, 10 dekabr butun dunyoda ozodlik va tenglik bir xil ta'minlanişi uçun qadam taşlangan kun sifatida keng nişonlanadi. 

BMT 2016 yilning Inson huquqlari sohasidagi şiorini  – Kimningdir huquqi uçun bugun kuraş! – deya belgilagan.

Bu yil BMT Inson huquqi uçun kuraşişga çaqiradi. Huquqlarni himoya qiliş sayyoramizdagi har bir insonning mas'uliyatli vazifasidir. Taşkilot, qoçqinlar va muhojirlar, ayollar, tub aholi vakillari, kelib çiqişi afrikalik bölganlar, umuman irqçilik nişoni bölayotganlar va zöravonlik hamda tahqirlaşlarga uçrayotganlar huquqlari uçun kuraşişga çaqirgan.