2016 yilning 8-9 dekabr kunlari Hamburg şahrida (Germaniya) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşining 23-majlisi bölib ötdi.
TIVK majlisiga YeXHTning amaldagi raisi, Germaniya Federativ Respublikasi taşqi işlar vaziri Frank-Valter Ştaynmayyer rahbarlik qildi, deb xabar qilmoqda Özbekiston TIV matbuot xizmati. Unda, Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov rahbarligidagi delegatsiya ham iştirok etgan.
Yiğilişda kun tartibiga kiritilgan va YeXHT hududidagi köp tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlaniş istiqbollarini qamrab olgan masalalar muhokama qilindi.
Majlis yakunlariga köra tegişli qarorlar qabul qilindi.
YeXHTning keyingi Vazirlar uçraşuvi 2017 yilning 1 yanvaridan boşlab taşkilotda raislik qiluvçi Avstriyada kelgusi yilda bölib ötadi.
















