Germaniya özining taşqi çegaralarida nazorat qiliş muddatini uzaytirişga erişmoqçi. Bunga, maxsus xizmatlar ma'lumotlariga köra, qoçqin körinişida terrorçilarning kirib kelişi ehtimoli sabab qilib körsatilgan. Germaniyada çop etiladigan Der Spiegel haftaligi şu haqda söz yuritmoqda. Naşr Bryusseldagi Yevropa mulozimlari kengaşlarining protokollarini örgangaç, şunday xulosaga kelmoqda.
GFR içki işlar vazirligi 2015 yil kuzidan beri Avstriya bilan çegara nazoratini örnatgan edi. Bundan közlangan maqsad, mamlakatga kirib kelayotgan muhojirlar oqimini röyxatga oliş va ularning nazoratsiz mamlakat böylab harakatlanişiga yöl qöymaslik edi. Keyinçalik, Şengen hududiga kiruvçi boşqa mamlakatlar ham Germaniyadan örnak olişdi.
Berlin ma'muriyati çegaralardagi bu kabi nazoratlarni muvaqqat mazmunga ega deb baholagan edi. Biroq, uning amal qiliş muddati bir neça marta uzaytirildi va sönggi bor 2017 yil fevrali deb belgilandi. Endilikda, federativ respublika bu muddatni yana uzaytiriş böyiça vakolat taqdim etişni sörab Yevrokomissiyaga murojaat qilgan.
Myunxendagi Ifo iqtisodiy tadqiqotlar ötkaziş institutining ma'lum qilişiça, Şengen hududida çegara nazorati Yevropa iqtisodiyotiga milliardlab zarar keltirmoqda. Şu sababli, yuk avtomobillar köp vaqtini çegaralarda ötkazmoqda. Kompaniyalarning logistika xarajatlari ham oşmoqda. Buning natijasida mahsulotlar tannarxi kötarilmoqda, hajmi kamaymoqda. Bundan taşqari, vujudga kelgan vaziyat sayyohlik sohasiga ham salbiy ta'sir körsatmoqda, deb qayd etişgan iqtisodçi-tadqiqotçilar.

















