Bugun Şveytsariyaning Non şahridagi UYeFA ofisida Çempionlar ligasining çorak finaliga qur'a taşlaş marosimi bölib ötadi.
Qur'a guruh bosqiçida birinçi va ikkinçi örinlarni egallagan 16 jamoani 2 savatçaga ajratgan.
Çorak finalga öz guruhida birinçi örinni egallab çiqqan jamoa boşqa guruhda birinçi örinni egallagan jamoaga duç kelmaydi. Şuningdek, bu bosqiçda bir mamlakatning ikki vakili özaro töqnaşişi oldi olingan.
Saralanganlar guruhi: «Arsenal», «Lester» (ikkisi – Angliya), «Atletiko», «Barselona» (ikkisi – Ispaniya), «Borussiya» Dortmund (Germaniya), «Yuventus», «Napoli» (ikkisi – Italiya), «Monako» (Fransiya).
Ikkinçi örin bilan çiqqan jamoalar: «Benfika», «Portu» (ikkisi – Portugaliya), «Bavariya», «Bayyer» (ikkisi – Germaniya), «Mançester Siti» (Angliya), «PSJ» (Fransiya), «Real», «Sevilya» (ikkisi – Ispaniya).
Guruh ğoliblari ilk öyinni öz maydonida ötkazadi. 1/8 finalning birinçi öyinlari 14-15 hamda 21-22 fevral kunlari ötkaziladi, javob uçraşuvlari 7-8 hamda 14-15 mart kunlariga belgilangan.
Yevropa futboli grandlari va turnir favoritlari «Bavariya» hamda «Real» öz guruhlarida ikkinçi örinni egallagan va çorak final bosqiçidayoq kuçli jamoalar töqnaşuvini kuzatiş mumkin böladi.
Ya'ni, 1/8 finalda «Barselona» va «Bavariya» jamoalari juftligi hosil qilişi mumkin. Şu bilan birga «Atletiko» va Dortmundning «Borussiya» jamoasi «Bavariya» hamda «Real» bilan duç kelmaydi.Qur'a taşlaş marosimi Toşkent vaqti bilan soat 16:00da boşlanadi.
Qur'a jarayonini uşbu havola orqali jonli ravişda kuzatiş mumkin >>>

















