Xitoy öz manfaatlarini himoya qiliş uçun qat'iy çoralar qöllaş huquqini saqlab qoladi. Jahon savdo taşkiloti mamlakatlari Xitoyga bozor iqtisodiyotiga ega bölmagan surrogat davlat sifatida qaraşni davom ettirsa, keskin çoralar qöllaşga majbur böladi. Bu haqda, XXR tijorat vaziri Gao Xuçen mamlakatning JSTga a'zo bölganiga 15 yil tölişi munosabati bilan e'lon qilgan maqolasida bayonot bergan. 

11 dekabrda Xitoyning JSTga a'zo bölganiga 15 yil böldi. Şu bilan, uşbu mamlakatning taşkilotga a'zo bölişiga doir hujjatning 15-bandi öz kuçini yöqotdi. Unga köra, savdo taşkiloti mamlakatlari Xitoy mahsulotlariga nisbatan aksildemping çoralari körişi mumkin edi. Hujjatda mazkur band Xitoyning JSTga a'zo bölganidan söng, 15 yil ötgaç, öz kuçini yöqotişi qayd etilgan. 

"Xitoy tomoni JSTning barça a'zo mamlakatlarini xalqaro huquq me'yorlarini hurmat qilişga va unga töla rioya qilişga hamda xalqaro majburiyatlarni töliq bajarişga çaqiradi. Xitoy öz manfaatlarini qat'iy ravişda himoya qiladi va JSTning öz majburiyatlarini bajarmayotgan davlatlariga nisbatan keskin çoralar köriş huquqini saqlab qoladi", — deyiladi Gao Xuçenning "Jenmin jibao" naşrida çop etilgan maqolasida.

Xitoy vaziri, şuningdek, a'zolik bitimidagi 15-bandi 11 dekabr sanasidan e'tiboran öz-özidan kuçini yöqotganini ta'kidlagan. 

Pekin ma'muriyati, bir neça marotaba, uşbu kelişuvga binoan, 2016 yil 11 dekabridan söng, avtomatik ravişda bozor iqtisodiyotiga ega davlat maqomiga ega bölişini ta'kidlagan. Ammo, Xitoyning asosiy savdo hamkorlari bölgan YeI, Yaponiya va AQŞ Xitoyning bozor iqtisodiyotiga ega davlat sifatida e'tirof etilişi uçun yetarli çoralar körmaganini rökaç qilmoqda. 

Ötgan haftada Yaponiya Xitoyni bozor qonunlari hukm surgan mamlakat sifatida tan olmasligini bildirgan edi. YeI va AQŞ ham ayni nuqtainazarda ekani ta'kidlangandi. 

Yevropa Komissiyasiga köra, YeI Xitoyning uşbu maqomini tan olişga tayyor emas, çunki Xitoyning bozor iqtisodiyotiga ega davlat sifatida tan olinişi Xitoy mahsulotlariga nisbatan Yevropa aksildemping bojlarini qöllaş jarayonini qiyinlaştiradi. Bundan taşqari, 3,5 mlnga yaqin yevropalik öz iş örinlaridan mahrum bölişi mumkin. Ammo, boşqa tarafdan bu Xitoy bozoriga keng yöl oçadi. 

AQŞ tijorat departamenti ham "Xitoy davlati yuritayotgan iqtisodiyot" muvozanati buzilganidan xavotirlarini izhor qilib keladi. Unga köra, "Xitoy bozor qoidalari faoliyat yuritişi uçun zarur bölgan islohotlarni ötkazmagan".