AQŞ Davlat departamenti Suriyadagi Palmira şahri IŞID tomonidan qaytarib olingani haqidagi ma'lumotni tasdiqlamayapti. Bu haqda brifing vaqtida AQŞ hukumatining taşqi siyosat böyiça matbuot kotibi Jon Kirbi ma'lum qilgan.
"Naşrlarda şunday xabarlarga közim tuşdi. Lekin men bu ma'lumotni tasdiqlamayman", degan u.
U "IŞID şaharga hujum qilişda davom etayotgani, ammo bu hujum yakunlanmaganini" aytib ötgan.
"Men bilmayman", deya tan olgan Kirbi.
11 dekabr kuni Suriya hukumati Palmira jangarilar qöliga ötganini tan olgandi.
Şu bilan birga u Moskvadagilarning ayblovini inkor qilgan. Rasmiy Moskva koalitsiya kuçlarini Rossiya bilan muvofiqlikda harakat qilmayotganlikda va Palmira mudofaasini susaytirişda ayblagandi.
Kirbining sözlariga köra, AQŞ va boşqa xorijiy kuçlarning "Raqqani ozod etiş"ga qaratilgan amaliyoti davom etmoqda.
"Biz bor e'tiborni Raqqaga qaratiş maqsadida, "Suriya demokratik kuçlari"ni (arab va kurdlarning birlaşgan harbiy bölinmasi) qöllab-quvvatlaşni töxtatganimiz şunça xato gap", degan u.
Şu bilan birga u Mösul qamalidan keyin hududni taşlab ketgan jangarilar "boşqa bir joyga ketgani" haqida gapirgan.
Kirbidagi ma'lumotlarga köra, aholi punktlaridan ketgan jangarilar boşqa hududlarda jang olib bormoqda.
"Men bunday ehtimolni istisno etmayman", deya javob qaytargan Kirbi undan Palmiraga hujum qilgan jangarilar Mösuldan çiqib kelgan kuçlar bölişi mumkinligi haqida söraşganida.
U AQŞ IŞIDga bosim ötkazişni susaytirmagani haqida ta'kidlagan.
"Agar jangarilar Palmirani egallagan taqdirda ham, bu ularning 2015 yilning mayidan beri ilk muvaffaqiyati böladi", deya sözlarini yakunlagan Kirbi.













