Avstraliyada tört metrli safsar rangli böğma ilon golf işqibozlari köz öngida kenguruni yutib yubordi. Bu haqda BBC News xabar bergan.
Voqea Kvinslend ştati şimolida sodir böldi. Öyin iştirokçilari yirik kenguruni örab olgan bahaybat ilonni körib qolişgan.
“Bu juda ham ğalati va dahşatli manzara edi”, - deya aytib ötdi sportçilardan biri jurnalistlarga. Uning sözlariga köra, ilonga qurbonini böğib öldiriş va yutib yuboriş uçun beş daqiqa vaqt kerak bölgan. Şundan söng ilon qurib qolgan soy irmoğida közdan ğoyib böldi.
Ma'lumot uçun, safsar rangli böğma ilon Avstraliyaning eng yirik iloni sanaladi. Odatda bu turdagi jonivorlar 3,5 metrgaça ösişi mumkin, biroq 8,5 metr bölgan ilonlar ham uçragan. Bunday jonivorlarning yirik turlari kenguru va boşqa uy hayvonlarini ovlaydi.













