«Krasnodar»ning özbekistonlik legioneri Odil Ahmedov 13 dekabr kuni tongida Xitoy poytaxti Pekinga kelgan. Bu ma'lumot rossiyaliklar klubi matbuot xizmati tomonidan tasdiqlangan.
U va uning agenti yangi jamoasi vakillari bilan uçraşgan.
«Sportfak» manbasi xabariga köra, uşbu futbolçi 29 yoşida faoliyatini «Şandun Lunen» jamoasida davom ettirişga rozi bölgan. U bugun şu jamoa bazasida tibbiy körikdan ötadi.
Tibbiy körikdan keyin u yangi jamoasi bilan şartnoma imzolaydi. Şartnoma bandlari hozirça ma'lum emas.
Bundan oldinroq, «Krasnodar» tovon puli 8 mln yevro bölgan bu futbolçisini 6-7 mln yevroga sotişga roziligi haqida xabarlar berilgandi.
Ahmedov joriy mavsumda krasnodarliklar jamoasi bilan Rossiya çempionatida 15 uçraşuvda maydonga tuşgan va aksarida öyinni oxirigaça davom ettirmagan.
«Şandun Lunen» ötgan mavsumda Xitoy çempionatida 16 jamoa içida 14-örinni egallagan.
Bu jamoada hozirda germaniyalik taniqli mutaxassis Feliks Magat boş murabbiy hisoblanadi.
Ayni vaqtda yulduzli «Şandun Lunen» tarkibida 5 nafar xorijlik futbolçi bor – Grasiano Pelle, Papiss Sisse, Valter Montilo, Jil va Jusiley.













