Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: AQSh Asadni qulatish uchun "An-Nusra"ni asrab kelmoqda
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta'kidlashicha, AQSh "Jyebhat an-Nusra" terrorchi tashkilotini kelajakda Suriya prezidenti Bashar Asad rejimini qulatish uchun asrab kelmoqda. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
"Amerika koalitsiyasining amaliy harakatlari vaqtida "Jyebhat an-Nusra" qanday qilibdir e'tibordan qochirilganiga misollar ko‘p. U vaqti kelganda Suriya hukumatini qulatish uchun eng samarali kuch sifatida asralganligini taxmin qilish uchun asoslar yetarli", - dedi u.
Rossiya TIV rahbari Mo‘suldagi IShID jangarilarining harakati va koalitsiya aviatsiyasi tomonidan patrullashtiriluvchi hududlardagi qo‘shimcha tomoshalar Sharqiy Halabda o‘rnashib olgan va tinch aholidan qalqon sifatida foydalanayotgan qaroqchilarning dam olishi uchun "uyushtirilgan va muvofiqlashtirilgan", degan fikrni keltirib chiqarishini ta'kidladi.