Özbekiston Oliy Majlisi Senati 2016 yil 13 dekabrda aholi bandligini ta'minlaş yuzasidan 2017 yilgi davlat dasturini tasdiqladi. Dastur doirasida 345,3 ming doimiy iş örni barpo etiladi. Şundan 131,1 mingtasi sanoatda, 69,5 ming nafari xizmat körsatiş va servis sohasida, 55,8 ming iş örni qişloq xöjaligida, 88,9 ming quriliş va infratuzilma loyihalarida taşkil etiladi. 44 ming iş örni faoliyat körsatmayotgan korxonalarni qayta tiklaş hamda davlat mulkini ijaraga beriş asosida paydo qilinadi, deb xabar qilmoqda Uzdaily.uz sayti.

Özbekiston, şuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasida 97,7 ming kişiga yangi iş örinlari taşkil etişni rejalaştirgan.
 
Şu bilan birga, dasturda yillik örta hisobda, 199,1 ming kişini mavsumiy va vaqtinça işlar bilan ta'minlaş közda tutilgan. 

Dasturni hayotga tatbiq etişda kollej, oliy öquv yurtlari va boşqalarning 500 ming nafardan ortiğini doimiy iş bilan ta'minlaşga katta e'tibor qaratilgan. 

Unga köra, işsizlik darajasini 5-6 foiz darajasida saqlab qoliş rejalaştirilgan.