ITF britaniyalik Endi Marrey va germaniyalik Anjyelik Kerberni yilning eng yaxşi tennisçilari deb topdi. Sportçilarga maxsus mukotfotlar Parijda kelasi yilning 6 iyun kuni topşiriladi.
Eslatib ötamiz, britaniyalik tennisçi 2016 yilning noyabrida öz faoliyatida ilk bora ATR reytingining birinçi poğonasiga kötarildi. Sportçi ikki hafta ötib Londondagi yakuniy musobaqa finalida serbiyalik Novak Jokoviç ustidan ğalaba qozongan.

Anjyelik Kerber esa joriy yilda Australian Open va AQŞ oçiq çempionatida ğalaba naşidasini surdi. Şuningdek, germaniyalik tennisçi Uimbldon finaliga qadar yetib borgan.














