13 dekabr kuni Saudiya Arabistoni çempioni «Al-Ahli» Ispaniya çempioni «Barselona»ga qarşi maydonga tuşdi.
Uşbu uçraşuv arafasida taşkilotçilar kataloniyaliklar hujumçisi Lionel Messi va uning afğonistonlik 6 yoşli muxlisi, şu yil boşida öz kumiri futbolkasini polietilen paketdan yasab olib, internet orqali maşhurlaşib ketgan afğonistonlik Murtazo Ahmadiyning uçraşuvini uyuştirişdi.
Murtazo örtoqlik öyini boşlanganida ham Messi bilan qöl uşlaşib, maydonga çiqib kelgan. U bu vaqt davomida hamda jamoa futbolçilari bir-birlari bilan körişib çiqayotganida Messidan ayrilmagan va futbolçining qöli bandligida uning şortigidan tutib olgan.
Keyin u töpni öyinni boşlaş uçun örnatib bergan. Hakamlar uni maydon çetiga taklif qilişganida avvaliga taşqariga yönalgan, keyin esa burilib, yana Messi oldiga çopgan. Messi Murtazoning bu harakatlariga samimiy munosabatda bölib, uning boşini silagan. Tez orada öyin hakami yetib kelib, bolakayni opiçlagan va uni maydondan olib çiqib ketgan.













