«Barselona» hujumçisi Lionel Messi jamoaning Qatarga safari vaqtida afğonistonlik bolakay Murtazo Ahmadiy bilan uçraşdi.

Şu yil avvalida polietilen paketdan Messining futbolkasini yasab olgan Murtazoning suratlari internetda keng tarqalgandi.

BBC va Unicef yordami bilan bolakay topilgan va unga Messining dastxati tuşirilgan futbolka sovğa qilingandi.

Bugun «Barselona» Qatarga keldi va argentinalik futbolçi yoş muxlisi bilan uçraşdi.

Ahmadiy Messi bilan körişibgina qolmay, u bilan birga maydonga ham çiqadi.

Twitter’dagi sahifasida taşkiliy qömita BMTning qoçqinlar işlari böyiça agentligiga uçraşuvni taşkil etişdagi yordami uçun minnatdorlik bildirdi.

Kataloniyaliklar jamoasi bugun Saudiya çempioni «Al-Ahli» bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazadi.