Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirişiş tantanali marosimiga bağişlangan Oliy Majlis palatalarining qöşma majlisi töğrisida axborot Toşkentda 2016 yil 14 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirişiş tantanali marosimiga bağişlangan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisi bölib ötdi. 

Şavkat Mirziyoyev qasamyod qildi va Özbekiston prezidenti sifatida lavozimiga kirişdi.

Qöşma majlisda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri lavozimiga nomzodni tasdiqlaş masalasi körib çiqildi.

Konstitutsiyaning 98-moddasiga asosan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri nomzodi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga saylovda eng köp deputatlik örnini olgan siyosiy partiya tomonidan körib çiqiş uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentiga tavsiya etiladi. Şunga muvofiq Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengaşining yaqinda bölib ötgan yiğilişida Boş vazir lavozimiga nomzod körsatildi. 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Boş vaziri lavozimiga mamlakatimiz Boş vazirining örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Abdulla Niğmatoviç Oripov nomzodini tavsiya etdi. 

«Biz bu masala böyiça juda köp öylab, tegişli maslahatlar qildik. Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi rahbariyati va faollari bilan ham atrofliça maslahatlaşdik. Ötkazilgan muhokamalarda bildirilgan barça fikr-mulohazalarni e'tiborga olgan holda, men uşbu lavozimga ham amaliy sohada, ham markaziy idoralarda köp yillik boşqaruv tajribasiga ega bölgan, 11 yil davomida Boş vazirning örinbosari bölib işlagan Abdulla Niğmatoviç Oripov nomzodini tavsiya etaman», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari yiğilganlarni Abdulla Oripovning tarjimai holi bilan taniştirdi. Nomzodning kasb malakasi, bilim va tajribasi, insoniy fazilatlari haqida gapirdi. 

«Barçamiz yaxşi bilamiz, hozirgi paytda butun dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davri, dedi Şavkat Mirziyoyev. Bu soha soat sayin şiddat bilan rivojlanmoqda. Hozirgi kunimiz va kelajagimizni, bu soha rivojisiz tasavvur qiliş mumkin emas. 

Bugungi kunda mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimiga ötiş borasida juda katta işlar boşlangan va ularni bosqiçma-bosqiç mantiqiy davom ettiriş muhim vazifa sifatida kun tartibida doimiy tarzda turadi.