15 dekabrda Suriya prezidenti Başar Asad suriyaliklarni Halabning ozod etilişi bilan tabrikladi. Asad jangarilarning şahardan siqib çiqarilişi milliy armiya va Damaşq ittifoqdoşlarining sa'y-harakatlari evaziga mumkin bölganini ta'kidlab ötdi. Asadning aytişiça, Suriyaning har bir fuqarosi "bu tarixiy ğalabaga öz hissasini qöşgan". 

"Halab aholisining matonati, butun Suriya xalqining matonati bu muvaffaqiyatni ta'minladi", deb aytgan Asad.

Asadning ta'kidlaşiça, endi Suriya ixtilofidagi voqealar borişi özgaradi.

Suriya armiyasi Rossiya harbiy-koinot kuçlari yordamida Halabdan jangarilarni siqib çiqardi. Hukumat qöşinlari şaharning barça 105 dahasini ozod qilgan.