Birlaşgan millatlar taşkiloti uç yildirki, uçuvçisiz parvoz qiluvçi qurilmalardan tinçlikparvar amaliyotlarda hudud razvedkasini amalga oşirişda foydalanadi. Yaqinda taşkilot dronlarni insonparvarlik maqsadida ham qöllaşni boşlaşi mumkin. BMTning bolalar jamğarmasi YUNISEF 2017 yil aprelida Malavida sinov işlarini ötkazadi. Şu maqsadda bu yerda havo yölagi taşkil etilmoqda. 

"Malavi hukumati va YUNISEF dronlardan gumanitar maqsadlarda foydalaniş uçun sinov ötkaziş maqsadida havo yölagi taşkil etmoqda", - deyiladi jamğarma saytida. Xabarlarga köra, 40 kmlik uşbu yölak Afrikadagi birinçi va dunyodagi ilk gumanitar yölaklardan biri böladi. Sinov işlariga esa xususiy kompaniyalar va oliy öquv yurtlari taklif etiladi. 

YUNISEFda belgilab olingan vazifalarga köra, dronlar gumanitar amaliyotlar doirasida video va fototasvirga olişda qöllaniladi. Bundan taşqari, ulardan mobil aloqa signallarini kuçaytiriş maqsadida qayta uzatuvçilar sifatida foydalaniladi. Bu ayniqsa, toğli hududlarda qöl keladi. Nihoyat, bu öziuçar qurilmalar unça yirik bölmagan yuklar, xususan, dori-darmonlar, emdorilar hamda qon namunalarini taşiydi. 

YUNISEFda ma'lum qilişlariça, dronlardan 2016 yil martida ötkazilgan sinov loyihasida muvaffaqiyatli foydalanilgan.