Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Abeni Kuril bo‘yicha "ping-pong o‘ynash"ni to‘xtatishga chaqirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot konferensiyasi vaqtida "Kuril masalasi bo‘yicha tarixiy ping-pong"ga chek qo‘yish vaqti kelganini aytdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
Bundan avval Yaponiya va Rossiya Federatsiyasi prezident Vladimir Putinning tashrifi davomida deyarli 60 kelishuvga imzo chekkani haqida xabar berildi. Ularga ko‘ra, Yaponiya tomonidan investitsiyalar hajmi 300 milliard iyen (2,54 milliard dollar)ni tashkil qiladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, imzo qo‘yishga tayyorlab qo‘yilgan hujjatlarda Yaponiya investitsiyalarini Sibir sharqiy qismidagi ko‘mir konlariga jalb etish, shuningdek, Arktikadagi suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqishga kredit ajratish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, 10dan ortiq hukumatlararo bitim imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:14
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39 / 30.06.2026
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
09:55 / 24.06.2026