Jamiyat | 16:37 / 17.12.2016
52450
2 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshda tanasini o‘simtalar qoplagan ayol hayotdan nolimoqda (asabi bo‘shlar ko‘rmasin)

Foto: The Sun

Bangladeshlik Husnora ismli ayol labida chiqqan kichik bo‘jamani deb og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda. Gap shundaki, ayol labiga chiqqan bo‘jamani oldirish uchun shifokorga murojaat qilgan, tibbiyot xodimi esa, uni kesib olib tashlashga qaror qilgan. Natijada...ayolning butun tanasini toshmalar qoplay boshlagan. 

Bugungi kunda yirik va turli hajmdagi o‘smalar bilan kun kechirayotgan ayol bo‘yin va yuz atrofidagi shishlar bilan tug‘ilgan edi. Keyinchalik, yillar davomida bu shishlar tanasiga tarqaldi. Ammo shifokorning birgina xatosi tufayli uning ahvoli yanada jiddiylashgan. 

Foto: The Sun

Oilasi va bir o‘g‘li bo‘lgan ayolning aytishicha, uning ahvoli kun sayin yomonlashmoqda. Bundan tashqari, qishlog‘ida hech kim u bilan ko‘rishishni istamaydi hamda uni ortidan "kartoshka xotin" deya chaqirishadi. 

Jabrdiyda ayolning so‘zlariga ko‘ra, tanasidagi shishlar ba'zan shunchalik qichishadiki, ularni qashiganda qonab ketishi sabab ahvoli chidab bo‘lmas darajaga keladi. Insonlar uni ko‘rishlari bilan yuz o‘girishadi, shu sababli, uning aytishicha, ayni vaqtda u o‘limini so‘rab yashamoqda. 

Foto: The Sun
Foto: The Sun
Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid