Jamiyat | 11:47 / 17.12.2016
6460
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada Kim Chen Ir xotirasi yodga olindi

Foto: Google image

Shimoliy Koreyada Kim Chen Irning vafot etganiga besh yil to‘lgani munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Respublika yetakchisi Kim Chen In Pxenyandagi Kimsusan xotira majmuasidagi markaziy mitingda ishtirok etdi. U yerda taxminan 30 ming inson yig‘ilgan. Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasi va mamlakat qurolli kuchlari vakillarining chiqishida KXDRda “Kim Chen Ir – buyuk inson va atoqli davlat arbobining xizmatlari hech qanchon unutilmasligi” ta'kidlab o‘tildi.

Koreya xalq armiyasining Bosh siyosiy boshqarmasi boshlig‘i Xvan Byon So esa KXDR “millat otasi” tufayli “Qo‘shma Shtatlar va boshqa dushman kuchlarning tajovuzkor harakatlariga javob qaytara oluvchi kuchli harbiy va yadro davlatiga aylanganini” aytib o‘tdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Kim Chen Irning xotirasi butun mamlakat bo‘ylab mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da cho‘ziq avtomobil signallari orqali yodga olingan. 

Pxenyan aholisi esa Kim Ir Sen va Kim Chen Irning shahar markazida joylashgan bahaybat haykallari poyiga gullar qo‘yishdi.

Suriya prezidenti Bashar Asad o‘z maktubida “do‘stona koreys xalqi va rahbariyatining qayg‘usiga sherik ekanini” ta'kidlab o‘tgan. Uning aytishicha, Koreya yetakchisi “sotsializm va millat manfaati himoyasiga” juda katta hissa qo‘shdi.

Rasmiy tarjimai holga ko‘ra, Kim Chen Ir KXDRdagi eng baland tog‘ - Pektusandagi partizanlar lagerida tavallud topgan. U armiyani faoliyatning barcha sohalarida birinchi o‘ringa ko‘tardi. Kim Chen Ir 2011 yilning 17 dekabr kuni yurak xuruji oqibatida vafot etgan.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid