Prezident Andijonda 206 ta yangi investitsiya loyihasini işga tuşirdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga taşrifi doirasida 23-sentabr kuni yangi investitsiya loyihalarini işga tuşiriş va ularning qurilişini boşlaş marosimida iştirok etdi.
Tadbirda umumiy qiymati 9 milliard 400 million dollar bölgan 206 ta loyiha qamrab olindi. Şundan 2 milliard 50 million dollarlik 98 ta loyiha işga tuşirildi, 7 milliard 350 million dollarlik 108 ta loyihaning qurilişi boşlandi. Uşbu loyihalar energetika, quriliş, töqimaçilik, maşinasozlik, taʼlim, turizm, logistika, farmatsevtika va soğliqni saqlaş kabi muhim sohalarga taalluqli. Ular viloyatning barça 16 ta şahar va tumanida amalga oşiriladi.
Loyihalar Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya, AQŞ, Rossiya, Belarus, Germaniya, Hindiston, Birlaşgan Arab Amirliklari va Tojikiston kompaniyalari hamda mahalliy investorlar bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.
Navoiyda bolalarni muntazam kaltaklagan xususiy boğça tarbiyaçisi qamaldi
Navoiyda bolalarni kaltaklab kelgan xususiy boğça tarbiyaçisi jinoiy jazoga tortildi. Sud hukmida aytilişiça, 23 yoşli N.E. 2025-yil dekabridan 2026-yil apreligaça qadar Navoiy şahridagi Amin kids xususiy boğçasida 1-3 yoşli bolalar guruhida tarbiyaçi bölib işlagan va 5 nafar voyaga yetmagan bolani kaltaklab, zörlik işlatgan holda qiynagan. Oqibatda bolalar yengil tan jarohati olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda u bolalarga baqirgani, siltab tortib, urgani va tepganini köriş mumkin. Örganişlar davomida u bolalarni muntazam ravişda döpposlab kelgani maʼlum bölgan.
N.E. turmuş örtoği bilan oilaviy kelişmovçilik bölgani sababli doim asabiy holatda yurganini, oilaviy nizolar kayfiyatiga taʼsir körsatganini aytib, suddan yengillik söragan.
Sud hukmi bilan N.E. 2 yil boğçalarda tarbiyaçi vazifasida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 3 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Ayrim maktablarda tennis seksiyasi taşkil etiladi
Prezident tennisni ommalaştiriş va rivojlantirişga oid qarorni imzoladi. Unga köra, öquvçilarning qiziqişi hamda mavjud sport infratuzilmasidan kelib çiqib, tennis rivojlantiriladigan maktablar tanlab olinadi.
Uşbu maktablarda tennis böyiça sport seksiyalari taşkil etiladi. Ularning moddiy-texnika bazasi yaxşilanib, Özbekiston tennis federatsiyasi mablağlari hisobidan sport inventarlari, jumladan, tennis wall - tennis maşğulotlari uçun devor moslamalari bilan jihozlanadi.
Maşğulotlarni maktab joylaşgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan murabbiylar olib boradi.
Samarqand MMTB suyuq sovunni qimmat narxda xarid qilgani aniqlandi
Samarqand viloyati maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi masʼul şaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxlarda xarid qilib, 1,1 milliard sömlik byudjet mablağlarini talon-toroj qilgan.
Boş prokuratura huzuridagi Departament xabariga köra, holat Samarqand viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi - özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.
Elektromobillar soni bir yilda 67 foizga oşdi
2026-yil 1-iyul holatiga köra, Özbekistonda 122,7 mingta elektromobil röyxatga olingan. Bu haqda Milliy statistika qömitasi maʼlum qildi. Taqqoslaş uçun, 2025-yilning 1-iyul holatiga mamlakatda 73,6 ming elektromobil röyxatdan ötgandi. Bir yil içida ösiş 49,1 mingtani yoki 66,7 foizni taşkil etgan.
Röyxatga olingan elektromobillarning 72 foizdan köproq qismi Toşkent şahri hissasiga töğri keladi.
Şu bilan birga, elektromobillarning odamlarga tegişli transport vositalaridagi uluşi kamligiça qolmoqda.
2026-yil 1-iyul holatiga Özbekistonda qariyb 5 million transport vositasi röyxatdan ötgani haqida xabar berilgan edi. Elektromobillarning undagi uluşi atigi 2,5 foizni taşkil qiladi.











