Tojikiston Kommunistik partiyasi rahbari, mamlakat parlamentining sobiq deputati Ismoil Talbakov 62 yoshida vafot etgan. Bu haqda Avesta agentligi xabar qilmoqda.

Siyosatchining yaqinlari ma'lum qilishicha, Talbakov hech qanday xastalikdan aziyat chekmagan. U o‘limidan avval bosh og‘rig‘idan shikoyat qilgan va bexosdan vafot etgan.

Talbakov shu yilning iyun oyida mamlakat parlamentiga deputat sifatida saylangan edi. U 1983 yilda siyosatga kirib kelgan. 2006 yilda kommunistlar tomonidan mamlakat prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Syosatchi poytaxtdagi Sari Osiyo qabristoniga dafn etilishi xabar qilinmoqda.