Halabning şarqiy hududidan evakuatsiya qilingan aholi Suriyaning Idlib provinsiyasi hududiga joylaştiriladigan böldi. Bu haqida Turk Qizil yarim oy jamiyati rahbari Karim Kinikning xabariga asoslanib, Anadolu agentligi ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, Idlib hududida qoçqinlarga 10 ming çodirli lager qurilişi rejalaştirilmoqda. Lager turk çegarasidan 6-7 kilometr narida, Haytay provinsiyasi yaqinida barpo etiladi.
Kinikning ta'kidlaşiça, turk çegarasi yaqinidagi lagerda maktab, tibbiyot markazi, dam oliş maskanlari, mobil hojatxonalar va yuviniş xonalari taşkil etiladi.
"Lagerni taşkillaştiriş bilan boğliq dastlabki işlarga 3-4 kun ketadi. Şunga muvofiq infratuzilma tayyorlanmoqda", - dedi Kinik.
Turkiya va Rossiyaning öq uzişni töxtatişga doir faol harakatlari natijasida erişilgan kelişuvga köra, Halabdan minglab tinç aholi va muxolifat jangçilari evakuatsiya qilingan. Ta'kidlaş joizki, evakuatsiya jarayoni hanuz davom etmoqda.
Halab Suriya şimolida joylaşgan bölib, u mamlakatning kattaligi böyiça Damaşqdan keyingi ikkinçi şahri hisoblanadi. Halab turk çegarasidan 40 kilometr masofada joylaşgan.
Suriyadagi uruş 2011 yilning martida norozilik namoyişlarining harbiy töqnaşuvga aylanib ketişi natijasida boşlangan - harbiylar namoyiş iştirokçilariga qarata öq uzişgan. BMT ma'lumotlariga köra, qurolli töqnaşuv çoğida 400dan ortiq kişi halok bölgan, 10 milliondan ziyod kişi öz uyini tark etişiga töğri kelgan. 4,8 million kişi esa mamlakat taşqarisidan qönim topgan.

















