Turkiya markazida joylaşgan Kaysari şahrida kuçli portlaş amalga oşirilgan. Xabarlarga köra, Erjiyes universiteti kampusining taşqi kiriş qismi yaqinida, mahalliy vaqt bilan ertalab 8:45lar atrofida jamoat avtobusida portlaş röy bergan. Hodisada jabrlanganlar va halok bölganlar borligi aytilmoqda, deya yozmoqda Haberler.com sayti. Avtobusda dam olişdagi harbiylar bölgan. 

Turkiyaning Dogan yangiliklar agentligiga köra, portlaşga avtomobilga örnatilgan portlovçi modda sabab bölgan. Uşbu voqea Istanbulda kurd isyonçilari tomonidan sodir etilgan va 44 kişining umriga zomin bölgan terrorçilikdan bir hafta ötgaç amalga oşirilmoqda. 

Fojia joyidan olingan tasvirlarda portlaş kuçidan avtobusga jiddiy talofat yetganini köriş mumkin. 

2016 yilda Turkiya kurd isyonçilari va terrorçilar tomonidan sodir etilgan köplab qöporuvçiliklar nişoni böldi. Suriştiruv işlari olib borilmoqda.