Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesliga. «Leyptsig» asosiy raqiblaridan birini mag‘lub etib yana peshqadam bo‘lib oldi
Germaniya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda sharqiy Germaniyaning ikki jamoasi o‘zaro ro‘baro‘ keldi va unda mezbonlarning qo‘li baland keldi.
Birinchi bo‘limda Timo Verner, ikkinchi bo‘limda Villi Orban tomonidan kiritilgan gollar «Leyptsig»ga «Herta» ustidan g‘alabani taqdi etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Hazenxyuttl shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 36taga yetdi va jamoa «Bavariya»dan bitta ko‘p uchrashuv o‘tkazgan holda ularni uch ochkoga ortda qoldirib peshqadamlik qilmoqda. «Herta» esa hozircha 4-o‘rinni saqlab qoldi.
Turning yana bir qator uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda «Shalke» o‘z uyida «Frayburg»ni mag‘lub eta olmagan bo‘lsa, «Verder» «Kyoln» bilan durang o‘ynadi. «Augsburg» va «Maynts» esa o‘z uchrashuvlarida g‘alaba qozonishni uddalashdi.
Germaniya chempionati, 15-tur
RB Leyptsig – Herta 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 40 Verner, 2:0 – 62 Orban.
RB Leyptsig: Gulachi, Bernardo, Xalstenberg (Shmitts, 67), Orban, Zabittser, Ilzanker, Keyta (Kayzer, 46), Demme, Forsberg, Poulsen, Verner (Zelke, 84).
Herta: Yarsteyn, Shtark, Vayzer (Pekarik, 11), Plattenxardt, Lustenberger, Xaraguti (Essvayn, 79), Xegeler, Allan, Ibishevich, Shiber, Kalu (Darida, 46).
Ogohlantirishlar: Verner (59), Shtark (73), Lustenberger (78), Darida (82).
Shalke-04 – Frayburg 1:1 (0:0)
Gollar: 0:1 – 64 Niderlexner, 1:1 – 74 Konoplyanka.
Ogohlantirish: Gays (42).
Maynts – Hamburg 3:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 21 Vud, 1:1 – 35 Lattsa, 2:1 – 56 Lattsa, 3:1 – 67 Lattsa.
Ogohlantirishlar: De Blasis (41), Spaxich (43), Gregorich (53), Lattsa (68), Ostjolek (79).
Augsburg – Borussiya M 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 75 Xinteregger.
Verder – Kyoln 1:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 28 Rudnyov, 1:1 – 40 Gnabri.
Mavzuga oid
20:35 / 27.10.2018
Bundesliga. «Bavariya» qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi, «Borussiya» D ochko yo‘qotdi
23:20 / 26.08.2018
«Borussiya» mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi
21:48 / 07.04.2018
«Bavariya» qatorasiga 6-marta Germaniya chempioni bo‘ldi
23:15 / 10.03.2018