Rim papasi Frantsisk 80 yoşini nişonlaş vaqtida Vatikanda Avliyo Pyotr maydoni yonida yaşovçi 8 nafar boşpanasizni nonuştaga taklif qildi. Bu haqda The Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Nonuştaga taklif qilinganlar orasida 2 ayol va 6 erkak bölgan. Ular Italiya, Ruminiya, Moldova va Peru fuqarolaridir. Pontifik ulardan har biri bilan suhbatlaşib, nonuşta bilan mehmon qildi. Şundan keyin papa bir qator yevropalik siyosatçilar bilan uçraşuv ötkazdi.

Bayram dasturxoni papa yaşaydigan, Vatikandagi "Avliyo Marta uyi" mehmonxonasidagi ovqatlaniş zalida yozildi. Mehmonlarga an'anaviy argentin şirinliklari taklif qilingan.

Bu papa öz tuğilgan kunini boşpanasizlar bilan nişonlayotgan birinçi holat emas. Papa nonuştadan keyin kardinallar bilan ibodatda iştirok etdi.

Ma'lum qilinişiça, 17 dekabrda muhtojlarga bepul ovqat beriladigan xayriya oşxonalarida pontifik yubileyi şarafiga şirinliklar tortiq qilinadi.

Vatikan matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, Rim papasi uluğ yoşga tölgani munosabati bilan butun dunyodan 50 mingga yaqin tabrik olgan.